🚨 Alexis Saelemaekers bo'yicha yomon xabar.
«Milan» rasman belgiyalik futbolchining tibbiy ko'rik natijalarini ma'lum qildi.
😟 Saelemaekers 29-sentabr kungi mashg'ulotda o'ng to'pig'ini jarohatlab oldi. Dastlabki tekshiruvlar sinish va paylarning shikastlanishini istisno qilgandi.
Biroq yangi tekshiruvlar jiddiyroq muammoni aniqladi:
🦶 To'piq avvalgi operatsiya qilingan sohada barqarorligini yo'qotgan.
Eslatib o'tamiz, aynan shu to'piqni Saelemaekers 2024-yilda medial to'piq suyagi singanidan so'ng operatsiya qildirgandi.
Endilikda «Milan» keyingi davolash usulini aniqlash uchun qo'shimcha mutaxassislar tekshiruvini o'tkazmoqda. Futbolchining safga qaytish muddatlari hozircha noma'lum.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!