🚨 Milanellodan yomon xabar!
«Milan» bugun mashg'ulotlarni qayta boshladi, ammo ertalabki mashg'ulot Alexis Saelemaekersning jarohati bilan yakunlandi 😔
Belgiyalik futbolchi to'pig'idan jarohat oldi va Milanelloni tark etishga majbur bo'ldi. Hozirda futbolchi jarohatning qay darajada jiddiyligini va tiklanish muddatlarini aniqlash uchun tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.
⏳ Yaqin soatlar ichida qo'shimcha ma'lumotlar kutilmoqda.
Amorim shundoq ham terma jamoalarda bo'lgan futbolchilarga tayanolmayotgan edi, endi esa yana bir kadrlar bilan bog'liq muammoga duch keldi.
🙏 Alexisga jiddiy jarohatdan qutulib qolishini tilaymiz!
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!