Alonso "Everton"ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida qatnashdi. Asosiy fikrlar:
🗣️ Jeyms haqida:
Tiklanish muddatlari bo'yicha aniq ma'lumot yo'q. Bu 2-3 haftada qaytadigan holat emas. Rojdestvodan keyin ko'ramiz, vaqt ko'rsatadi. Tiklanish jarayoni to'g'ri o'tishi shart.
Albatta, bu barchamiz uchun hafsalasizlik. Ammo jarohatlar bilan kurashish uchun tarkibimiz yetarlicha keng.
Jarohat yanvardagi transfer oynasiga ta'sir qiladimi? O'ylamayman. Yanvarda Ris qaytishini kutyapmiz. U tarkib uchun muhim inson bo'lib qolmoqda, chunki maydonda bo'lmaganida ham jamoaga ta'sir o'tkaza oladi.
🗣️ Raqib haqida:
Ertaga juda qiyin bo'ladi. Ammo biz o'yinni intizorlik bilan kutyapmiz, yuqori intensivlik, katta umidlar va yaxshi sur'at bilan maydonga tushishga tayyormiz.
Bizni yaxshi atmosfera kutib turibdi. Tribunalar bosimini yengib o'tmoqchimiz. Qiyin stadionlarda g'alaba qozonish qanchalik muhimligini bilamiz – "Brentford" mehmoni bo'lganimizdagi tajribani unutganimiz yo'q.
🗣️ "Bornmut"ga qarshi 4-4-2 strukturasi haqida:
Biz moslashuvchan bo'lishni, shu bilan birga har qanday strukturada va biz tomondan bo'ladigan har qanday pressingda ishonchli o'ynashni istaymiz. Chiziqlar orasidagi masofani saqlab, balansni topishga harakat qilyapmiz. "Bornmut"ga qarshi shunday strukturani tanladik, ammo "Everton"ga qarshi boshqachasi bo'ladi – balki 4-4-2 ning boshqa versiyasi, balki 5-2-3, lekin chiziqlar orasidagi masofani saqlash muhim bo'ladi.
🗣️ Yarim himoyachilar haqida:
Ularga har bir o'yin davomida juda-juda ko'p qaror qabul qilish to'g'ri keladi, deb o'ylayman. Ba'zida ular shunchalik kichikki, sezilmaydi, lekin aslida o'yinga juda kuchli ta'sir qiladi. Shuning uchun yarim himoyachilar doimo bir qadam oldin o'ylashlari kerak. Biz buning ustida ishlayapmiz.
🗣️ Sardor haqida:
Bizda Moy, Livay va boshqa o'yinchilar bor, ular bu mas'uliyatni o'z zimmalariga olishga tayyor. Ularda butun jamoa tomonidan qo'llab-quvvatlash bor. Ammo sardor bo'lish uchun bog'ich shart emas. Uni taqqan kishi buni g'urur bilan bajarishi va mas'uliyatni olishi kerak, lekin sardor bo'lish uchun bog'ichsiz ham yetakchi bo'lish mumkin.
🗣️ Emega haqida:
U hali tayyor emas. Kecha mashg'ulotda biroz og'riq sezdi, lekin kritik emas, kelasi haftadan mashg'ulotlarni boshlaydi. Biroq, hozircha u o'yinlarga 100% tayyor emas.
U tayyor bo'lganida, o'ziga xos o'yinchi ekanligini ko'rasiz. Bo'yi baland, 195 sm, tezkor, bo'sh zonalarga ajoyib hujum qiladi. U formaga kirganida himoyachilarga qarshi o'ynash juda qiyin bo'ladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!