The Athletic xabariga ko'ra, "Kristal Pelas" "Yunion Sent-Jellua" klubi hujumchisi Anan Xalailini 21 million yevro evaziga sotib olish bo'yicha kelishuvni yakunladi. 🚨
Yakshanba kuni isroillik futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi, "burgutlar" esa Belgiya klubi bilan transfer summasi bo'yicha kelishib oldi. 💶
Shaxsiy shartnoma shartlariga ko'ra, futbolchi besh yillik bitim imzolaydi, shuningdek, uni yana bir yilga uzaytirish opsiyasi ham mavjud. 📝
"Inter" va "Nottingem Forest" yozda Anan Xalailini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turgandi, biroq yakunda futbolchi "burgutlar" safini tanladi. 🤝
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!