Andijon O'zbekiston Kubogida Olimpik Mobiuzni penaltilar seriyasida mag'lub etdi
FC ANDIJON ↗ ●●●●● Matbuot 👁 7

Andijon O'zbekiston Kubogida Olimpik Mobiuzni penaltilar seriyasida mag'lub etdi

Islom Ahmedov: «Hammasini 90 daqiqa vaqt mobaynida hal qilamiz, deb o'ylagandik»

O'zbekiston Kubogi 1/8 final doirasida «Andijon» o'z uyida pro liga vakili – «Olimpik Mobiuz»ni qabul qildi. Asosiy vaqt 2:2 bilan yakunlandi. Qo'shimcha vaqtlarda ham gol urilmadi. Penaltilar seriyasida mezbonlar 5:4 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yindan keyin «Andijon» bosh murabbiyi Islom Ahmedov matbuot anjumanida qatnashdi.

Juda og'ir kechgan o'yindagi qiyin g'alaba bilan barchani tabriklaymiz. O'yin bo'yicha hech nima o'xshamadi. CHempionatdagi eng yomon o'yinimizni ko'rsatdik, desak bo'laveradi. Eng muhimi, og'ir bo'lsa ham g'alabaga erishdik. O'yinni ko'rib chiqib tahlil qilamiz. Boshida aytgandik, baribir yoshlarda kuchliroq jamoaga qarshi o'ynash uchun, o'zini ko'rsatish borasida motivasiya ko'proq bo'ladi. Buni futbolchilarimizga tushuntirgandik. Baribir yakunda mensimaslik holati kuzatildi va bu o'yinda sezildi. Raqib o'yin tizginini ushlab oldi, bizda esa o'xshamadi. Ha, hujumlar ko'p qildik, vaziyatlarimiz ham bo'ldi, yakunlay olmadik. Umuman olganda, uchrashuv og'ir kechdi.
Birinchi bo'limdan keyin Martin Boake nega almashtirildi? U to'pni o'zida nazorat qilib turgandi va raqib himoyachilarini bo'yi pastligi evaziga Boakedan yana foydalanish mumkin emasmidi?
Ha, foydalanish mumkin edi. Lekin o'rtada to'p nazoratini berib qo'yayotgandik. Shu bois Draganni maydonga tushirib, to'pni ko'proq nazorat qilib, hujumlar tashkil qilishni reja qilgandik. Shu bois Martinni birinchi bo'limdan so'ng olishga majbur bo'ldik.
Qandaydir o'yinchilarda ko'zi yonmaslik holati kuzatildi. «Olimpik Mobiuz» pro ligada o'rtamiyona jamoalardan biri. «Andijon» esa Superligada. Ushbu raqibni asosiy vaqtda yuta olmasligiga nima yetishmadi?
Aytganimdek, birinchi o'rinda futbolchilarni ruhiy tayyorgarligi, o'yinga bo'lgan munosabati. Har qanday raqibni qanaqa ligada o'ynashidan qat'iy nazar hurmat bilan chiqib, professionalligini ko'rsatishi kerak edi. Biroz bo'shashishlik bilan maydonga chiqishdi. Shuni hisobiga ular o'yin tizginini «ushlab» olishdi. Raqibga o'zimiz o'ynasa bo'ladi, degan ishonchni berib qo'ydik. Shu bois ularda hamma narsa o'xshayverdi. Bizda esa gol urish uchun shoshilish kuzatildi va buning oqibatida ko'p xatolarga yo'l qo'ydik.
Ha, bunday rejamiz yo'q edi. Hammasini 90 daqiqa vaqt mobaynida hal qilamiz, deb o'ylagandik. Shunga tayyorgarlik ko'rgandik. To'g'risi, qo'shimcha daqiqalarga ham, penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko'rmagandik. Penaltilar seriyasi oldidan o'yinchilarni o'zlari tashabbus bilan chiqishdi. Kimda o'ziga ishonch bo'lsa, tepishlarini aytdik.
Eng asosiysi, tiklanishga e'tibor qaratamiz. Bugun ko'p kuch yo'qotdik. Ya'ni, «Nasaf» bilan uchrashuvga u qadar ko'p kuch yo'qotmagan holda yetib boramiz, deb o'ylagandik. Biz reja qilaveramiz, ammo Allohning rejalari boshqa. Xudoimni aytgani bo'ladi. Ko'proq tiklanishga e'tibor qaratamiz va bu o'yinda yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlaymiz.
Andronikashvili oxirgi uchrashuvlarda jarohat bilan o'ynayotgandi. Jarohati kuchayib ketganini hisobiga o'zimizda tibbiy ko'rikdan o'tdi va unga shifokorlarimiz ma'lum vaqt dam berish kerakligini aytishdi. Gruziyaga borib, u yerda ham tibbiy tekshiruvdan o'tdi va tiklanish jarayonini yurtida o'tkazyapti. Ochig'i, «Nasaf» bilan uchrashuvgacha tayyor bo'lmaydi. FIFA kunlarida safimizga qaytadi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!