Andrey Fedchenkov «Liverpul» skautlik bo'limiga rahbarlik qiladi
Шесть Элче ↗ ●●●●● Transfer 👁 27

Andrey Fedchenkov «Liverpul» skautlik bo'limiga rahbarlik qiladi

«Flamengo» skautlik bo'limi rahbari Andrey Fedchenkov «Liverpul»da xuddi shunday lavozimni egallaydi: u sentyabr oyida Xyuz ortidan Saudiya Arabistoniga yo'l olgan Kreyg Makki ketgach bo'shab qolgan o'rinni to'ldiradi.

Fedchenkov o'yinlarda futbolchilarni kuzatuvchi skautlar, video materiallar bilan ishlovchi skautlar hamda Uill Spirmen boshchiligidagi «Liverpul»ning ma'lumotlarni tahlil qilish jamoasi o'rtasidagi bog'lovchi bo'g'inga aylanadi.

Fedchenkovning «Flamengo» bilan shartnomasi 31-dekabr kuni yakuniga etadi, shu sababli uning o'tishi shartnomani bekor qilish uchun tovon puli to'lashni talab etmaydi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!