Richard Hughes "Al-Hilol"ga o'tmoqda
Richard Hughes bilan birga "Bornmut" skauting bo'limi xodimlari Mark Berchill va Kreyg Makki "Al-Hilol"ga o'tishmoqda.
Richard Hughes bilan birga "Al-Hilol"ga uning ikki hamkasbi: Mark Berchill va Kreyg Makki ham yo'l olmoqda. Ular Xyuz bilan birga "Bornmut"dan kelishgan edi va endi Saudiya Arabistoniga yo'l olishadi.
Ikkalasi ham klub skauting bo'limining bir qismi bo'lishgan: Berchill bosh skaut, Makki esa skauting bo'yicha bosh koordinator lavozimida ishlagan.