APL klublari «Manchester Siti» ishi bo'yicha yakuniy qarorni kutmoqda
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 12

APL klublari «Manchester Siti» ishi bo'yicha yakuniy qarorni kutmoqda

The Times xabariga ko'ra, APL klublari «Siti»ga qarshi ish shu mavsum oxirigacha yakunlanishiga umid qilmoqda. Bu har qanday ehtimoliy sanksiyalar 2027/28-yilgi mavsumdan boshlab kuchga kirishi uchun zarur.

Buning uchun Premyer-liga apellyatsiyalarni taqdim etish va ko'rib chiqish muddatlarini cheklovchi yangi qoidalardan foydalanish imkoniyatiga ega. «Siti» juma kuniga qadar apellyatsiya berish huquqiga ega va buni 100 foiz amalga oshiradi. Yangi qoidalarga ko'ra, apellyatsiya 12 hafta ichida yakunlanishi va xulosalar 30 kun ichida e'lon qilinishi kerak.

Shu tariqa, ish bo'yicha yakuniy qaror yanvar oyi oxirigacha e'lon qilinishi mumkin.

Shu bilan birga, Times jurnalistlari avvalroq «Liverpul», «Arsenal», «Manchestr Yunayted» va «Tottenxem» 2024-yilda «Siti»ga yuridik bildirishnoma yuborganini ma'lum qilgan edi. Unga ko'ra, agar klub aybdor deb topilsa, ular kompensatsiya talab qilish huquqini o'zlarida saqlab qolishadi.

Premyer-liga rahbariyatiga ushbu yillar davomida APLda o'ynagan har bir jamoadan qanchalik ko'p murojaatlar oqimi tushishini tasavvur qilishning o'zi qiyin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!