Arda Guler «Real Madrid»ning ajralmas futbolchisiga aylanmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 26

Arda Guler «Real Madrid»ning ajralmas futbolchisiga aylanmoqda

📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti):

Guler joriy mavsumda aqlbovar qilmas o'yin namoyish etmoqda. U hatto chiziqlar orasida to'p qabul qila olmagan va qulay sharoitlarda bo'lmaganida ham, barchasini yolg'iz o'zi bajarishga majbur bo'lsa ham, «Madrid»ning yaqqol eng yaxshi futbolchisi hisoblanadi. Guler — jamoaning eng kreativ va ajralmas futbolchisi.

📻 Ortega (Onda Cero jurnalisti):

«Leyptsig»ga qarshi o'yinda «Real Madrid» o'ng qanotda Valverde va Guler bog'lamasi evaziga juda yaxshi harakat qildi. Arda — jamoaning ajralmas futbolchisi.

📻 Segurola (Onda Cero jurnalisti):

Guler hozir hissiy ko'tarilishda: u o'ynashni, gol urishni istaydi... Va unga qaysi pozitsiyada o'ynashning umuman farqi yo'q. Shu bilan birga, Mbappe'ga Guler kerak, Gulerga esa — Mbappe. Ular ajoyib duet hosil qilishdi.

📻 Ros (Onda Cero jurnalisti):

Guler «Madrid» o'yiniga ko'rk bag'ishlaydi va jamoadoshlarini kuchliroq qiladi.

📰 Marca | Guler «Madrid» asosiy tarkibining daxlsiz futbolchisiga aylanishga juda yaqin.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!