📰 AS xabariga ko'ra, Jud Bellingem ajoyib jismoniy holati va o'zining sevimli «o'nlik» pozitsiyasiga qaytishi evaziga eng yaxshi o'yin formasiga kirdi.
«Madrid» manbalarining ta'kidlashicha, britaniyalik futbolchi yozgi ta'til davomida bor kuchini ishga solib shug'ullangan. Joze Mourinyu esa ilk kunlardanoq Bellingem aynan «o'nlik» pozitsiyasida o'ynashi kerakligini anglab yetgan.
Shu bilan birga, «qaymoqranglilar» ustozi yarim himoyachining nafaqat o'yin mahoratini, balki uning xarakterini ham yuqori baholaydi. Bellingem vitse-sardorlardan biri bo'lmasa-da, «Madrid» kiyinish xonasining yetakchisi hisoblanadi. Zarurat tug'ilganda u jamoadoshlarini ham maqtaydi, ham maydonda ulardan aniq harakatlarni talab qiladi.
Shu sababli, Mourinyu Bellingemni jamoa bilan bog'lovchi asosiy futbolchi sifatida ko'rmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!