📰 AS xabariga ko'ra, Mourinyo «Real» futbolchilari o'yinning o'tish fazalarini mukammal o'zlashtirishini istamoqda. Bu portugaliyalik mutaxassis uchun asosiy vazifa hisoblanadi. Biroq, Mourinyo maydondagi futbolchilar o'rtasidagi o'zaro tushunishni yo'lga qo'yish uchun vaqt kerakligini yaxshi tushunib turibdi.
Qanday bo'lmasin, «qirollik klubi» ustozi o'z jamoasidan yuqori intensivlik va raqobatbardoshlikni talab qilmoqda. U futbolchilar so'nggi 2 mavsumda qo'lga kiritilmagan sovrinlarga tashna bo'lishlarini istaydi.
Shu bilan birga, Mourinyo quyidagilarni ta'kidladi:
Jamoamiz shakllanish jarayonida bo'lsa-da, biz har qanday yo'l bilan g'alaba qozonishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!