Aston Villa Kim Min Je bilan qiziqmoqda
Die Bayern ↗ ●●●●○ Transfer 👁 7

Aston Villa Kim Min Je bilan qiziqmoqda

🚨 Joao Palinyadan tashqari, "Aston Villa" bir necha haftadan beri Kim Min Je bilan ham qiziqib kelmoqda.

ℹ️ Hali Jahon chempionati vaqtidayoq "Villa" rasmiylari futbolchining vakillari bilan norasmiy tarzda bog'lanishgan.

⚠️ Biroq o'sha vaqtda futbolchining barcha diqqati turnirga qaratilgan edi. O'tgan hafta Premer-liga klubi Gonkongda "Bavariya"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng, Kimning vakillari bilan yana bog'lanib, omadini sinab ko'rdi.

📉 Ammo himoyachi transfer taklifiga rozi bo'lishi dargumon. Kim avvalroq "Nottingem Forest" va murabbiy Oliver Glasnerning taklifini rad etgan edi.

❌ "Bavariya" Kimni sotishni rejalashtirmayapti. Vensan Kompani uning sifatlarini qadrlaydi va jamoada olib qolishni istaydi.

📰 Philipp Kessler, Manuel Bonke

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!