MARCA xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Vinisiusning kecha raqibining sochidan tortgani uchun olgan qizil kartochkasidan keyingi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
O'tgan mavsumda «Atletiko Madrid» yosh futbolchisi Iker Luke pley-off bosqichida «Ponferradina»ga qarshi o'yinda raqibining sochidan tortgani uchun uch o'yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
E'tiborli tomoni shundaki, Iker Luke qizil kartochka olganidan so'ng Vinisiusdan farqli ravishda boshqacha munosabat bildirgan.
«Atletiko Madrid»da hisoblashlaricha, Iker Luke ishi bo'yicha yaratilgan pretsedentni inobatga olgan holda, Vinisius kamida uch o'yinga yoki undan ham ko'proq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!