MARCA xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Vinisius Juniorning qizil kartochkasi va diskvalifikatsiya masalasini Iker Luke ishi bilan solishtirmoqda.
MARCA xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Vinisiusning kecha raqibining sochidan tortgani uchun olgan qizil kartochkasidan keyingi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
O'tgan mavsumda «Atletiko Madrid» yosh futbolchisi Iker Luke pley-off bosqichida «Ponferradina»ga qarshi o'yinda raqibining sochidan tortgani uchun uch o'yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
E'tiborli tomoni shundaki, Iker Luke qizil kartochka olganidan so'ng Vinisiusdan farqli ravishda boshqacha munosabat bildirgan.
«Atletiko Madrid»da hisoblashlaricha, Iker Luke ishi bo'yicha yaratilgan pretsedentni inobatga olgan holda, Vinisius kamida uch o'yinga yoki undan ham ko'proq muddatga diskvalifikatsiya qilinishi kerak.
AS xabariga ko'ra, "Atletiko Madrid" Xorxe Salinas transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Barselona" va "Manchester Yunayted" ham futbolchiga qiziqmoqda.
🚨 AS xabariga ko'ra, "Atletiko Madrid" va "Rasing Klub" Xorxe Salinas transferi bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda. "Atletiko" "Rasing" talab qilayotgan 16 million yevro miqdoridagi summani qondiradigan kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.
Iker Luke'ning "Rasing"ga o'tishi Salinas transferi bilan bog'liq emas, garchi bu ikki loyiha o'rtasida ma'lum bir aloqa mavjud bo'lsa-da.
"Barselona" va "Manchester Yunayted" ham Salinasga bo'lgan qiziqishni saqlab qolmoqda.