😀 "Ayaks" aniq pozitsiyani egalladi: yo Mika Godts uchun juda katta summa to'lanadi, yo belgiyalik futbolchi yana bir yilga Amsterdamda qoladi.
PSJ allaqachon bir nechta taklif bilan chiqdi, jumladan, umumiy qiymati 40 million yevrolik paket ham bor edi, biroq Jordi Kroyff ularning barchasini rad etdi.
De Telegraaf va boshqa manbalar xabariga ko'ra, "Ayaks" transferdan maksimal foyda olish uchun Jorje Mendesh xizmatidan ham foydalanmoqda. Klub Godts uchun 65 million yevrodan ortiq mablag' ishlab olishni ko'zlamoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!