Ayollar OChL: «Nasaf» raqiblari ma'lum bo'ldi
FC NASAF ↗ ●●●●● Umumiy 👁 22

Ayollar OChL: «Nasaf» raqiblari ma'lum bo'ldi

Ayollar klublari o‘rtasidagi Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston chempioni «Nasaf» C guruhidan joy oldi. Qarshiliklar guruh bosqichida Avstraliyaning «Melbourne City», Xitoyning «Beijing Jingtan» hamda Filippinning «Kaya-Iloilo» klublariga qarshi bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvlari 1–7-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. C guruhi bahslariga Qashqadaryo viloyati mezbonlik qiladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!