AFC Ayollar Chempionlar Ligasi: «Nasaf» guruh bosqichiga yo'l oldi
Ayollar futboli ↗ ●●●●● Umumiy 👁 31

AFC Ayollar Chempionlar Ligasi: «Nasaf» guruh bosqichiga yo'l oldi

AFC Ayollar Chempionlar Ligasining 2026/27 mavsumi guruh bosqichida ishtirok etadigan barcha 12 ta klub nomi ma’lum bo‘ldi.

Ulardan 6 ta jamoa o‘tgan mavsumdagi natijalari asosida musobaqadagi ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichidan boshlaydi. Ushbu klublar qur’a oldidan 1 va 2-savatchalardan joy olgan.

1-savatcha:

Naegohyang
Melbourne City
Hwacheon KSPO

2-savatcha:

Kobe Leonessa
Beijing Jingtan
Ho Chi Minh City

Qolgan 6 ta jamoa esa saralash bosqichida o‘z guruhlarida birinchi o‘rinni egallab, guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ular qur’ada 3 va 4-savatchalardan joy oladi.

3-savatcha:

Bam Khatoon
Kaya–Iloilo
East Bengal

4-savatcha:

April 25
Nasaf
Ayeyawady

O‘zbekiston chempioni «Nasaf» saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, o‘z guruhida g‘olib bo‘ldi va Osiyoning eng kuchli 12 klubi qatoridan joy oldi.

Ma'lumot uchun, guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi 3-sentabr kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!