Bellingem: «Biz har bir pozitsiyada juda kuchli tarkibga egamiz»
Madrid futbolchilarining o'yindan keyingi intervyulari
Bellingem: «Biz ajoyib birinchi bo'limni o'tkazdik. Ammo «Malaga»ga qarshi o'yinning so'nggi 20 daqiqasi biz uchun juda yomon o'tdi. Nima uchunligini bilmayman, lekin uchrashuv oxirida dahshatli o'ynadik.
Mening pozitsiyam? Maydonda erkinroq harakat qilayotganimni his qilyapman. Zaruratga qarab raqib darvozasiga yaqinroq yoki uzoqroq o'ynashim mumkin. Hozirgi rolim menga juda yoqadi, shuning uchun ham o'zimni yaxshi ko'rsatyapman. Hozir futboldan chin dildan zavqlanyapman, maydonda o'ynash menga juda qiziqarli.
Madrid muxlislarining menga bo'lgan olqishlari? Bu har doim juda o'zgacha narsa. «Bernabeu»da muxlislarimiz qarshisida «Real Madrid» safida to'p surish men uchun sharaf. Bugun juda katta olqishlarga sazovor bo'ldim.
Biz har bir pozitsiyada juda kuchli tarkibga egamiz. Zaxira futbolchilarimiz Mourinyu o'zgarishlar qilishga qaror qilganida har doim maydonga tushishga tayyor. Shu sababli bugun biz ajoyib o'yin ko'rsatdik».
Kurtua: «O'ylashimcha, La Liga dastlabki ikki turida o'tkazib yuborilgan gollarning oldini olishimiz mumkin edi. Shuning uchun bundan xulosa chiqardik. «Malaga»ga qarshi o'yin tanaffusida Mourinyu bizga ko'proq gol urishimiz kerakligini, lekin eng muhimi — gol o'tkazib yubormasligimiz kerakligini aytdi.
Bugun biz o'zimiz istagan ritmda o'ynadik: intensiv harakat qildik, to'pni nazorat qildik va raqib to'pni yo'qotganidan so'ng darhol pressing uyushtirdik. Agar mavsumdagi barcha uchrashuvlarda shunday o'ynay olsak, o'ylaymanki, ajoyib mavsum o'tkazamiz. Aynan shuning uchun barcha futbolchilar 90 daqiqa davomida ishlashi kerak.
Shu bilan birga, ikkinchi bo'limda unchalik yaxshi o'ynamadik deb o'ylayman. O'yin tempini pasaytirdik, raqibga bo'sh zonalar taqdim etdik... Biz ushbu jihatni yaxshilashimiz kerak. «Bernabeu»dagi muxlislar zavqlanishi uchun yana intensiv harakat qilishimiz lozim edi. Ammo 4:0 ham yaxshi natija.
Bundan tashqari, umid qilamanki, futbolchilarimiz yangi mavsumda jarohat olishmaydi, chunki bu eng muhimi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!