🎙️ Ben Uayt — "Arsenal" muxlislarining qo'llab-quvvatlashi haqida:
"Bu yerda hamma narsadan oz-ozdan bor. Ayniqsa, autdan to'pni o'yinga kiritish uchun qanotga yaqinlashganingizda ularning ishtiyoqini yaxshi his qilasiz. Siz ularning namoyish etayotgan ishtiyoqi va sevgisini ko'rasiz. Albatta, maydonda turib bularning barchasini eshitish — hayratlanarli tuyg'u.
Ular bizga aniq energiya berishadi. Ayniqsa, qiyin pallalarda ularning qo'llab-quvvatlashini eshitish juda yordam beradi".
🎙️ Ben Uayt — "Chelsi" haqida:
"Ularning o'yinini kuzatish qiziq. Ularda bir nechta ajoyib futbolchilar bor, sifat juda yuqori va o'z kunida ular juda xavfli bo'lishi mumkin. Shu bois bizni aniq og'ir o'yin kutib turibdi, barchamiz uni intiqlik bilan kutyapmiz.
Barchamiz o'zimizni juda yaxshi his qilyapmiz va bu Premer-ligadagi mavsum boshlanishidan ham ko'rinib turibdi. Endi eng muhimi — shu darajani saqlab qolish va xuddi shu ruhda davom etish. Mavsum uzun".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!