Benito (Madridning sobiq futbolchisi):
Maydondagi jamoaviy harakatlar bu mavsumda «Madrid» muvaffaqiyati uchun kalit hisoblanadi. Agar jamoa to'g'ri pressing qila olsa, raqiblar uchun juda xavfli bo'ladi. «Madrid» futbolchilarning iqtidorini namoyon etishi uchun jamoaviy ish orqali qulay sharoit yaratishi kerak.
Gallego (Cadena SER jurnalisti):
Mourinyu ba'zi muxlislar o'ylaganidek «o'z davrini o'tab bo'lgan» murabbiy emas. Ammo u sehrgar ham emas. Har holda, jamoaning ishga bo'lgan munosabati yaxshilangani ko'rinib turibdi: futbolchilar maydonda ko'proq kuch sarflamoqda, intizomni kuchaytirdi va jarayonga qiziqish bildirmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!