Arda Gulerning shartnomasi uzaytirilishi haqida ekspertlar fikri
Arda Gulerning Real Madrid bilan shartnomasini uzaytirishi bo'yicha futbol ekspertlari va jurnalistlarning fikrlari.
Benito (Madridning sobiq futbolchisi):
Gulerning Madrid bilan shartnomasini uzaytirishi? Turk futbolchisiga oson bo'lmadi: u Real Madridga o'n raqamli futbolchi sifatida kelgandi, ammo bunday pozitsiya umuman mavjud bo'lmagan jamoaga tushib qoldi.
Ilgari Guler alohida yorqin epizodlar futbolchisi edi, endi esa u barcha 90 daqiqa davomida o'yin borishiga ta'sir o'tkaza oladigan futbolchiga aylandi.
Kastanyo (Cope jurnalisti):
Guler — dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. U Madridning yuqori darajaga qaytishida muhim rol o'ynadi. Turk futbolchisi — bu shunchaki istiqbolli o'yinchi yoki kelajak uchun tikilgan pul emas. Bu bugungi kun uchun tikilgan pul. Shu sababli Guler bilan shartnomani uzaytirish klub uchun ajoyib yangilik.
Segurola (Onda Cero jurnalisti):
Guler o'zini top-futbolchi deb hisoblaydi va u adashmayapti: u o'ziga bo'lgan ishonchni taratib turibdi.
X. Rodriges (Onda Cero jurnalisti):
Guler aynan Madridga yetishmayotgan kreativ futbolchi ekanligini isbotladi. Jamoada uni almashtira oladigan boshqa hech kim yo'q. Shu bois Guler bilan shartnomani uzaytirish katta ahamiyatga ega.