📰 Ortega (El Confidencial jurnalisti): "Vinisiusga o'zining avvalgi darajasiga qaytish va "Madrid" asosiy tarkibidan yana joy olish uchun ko'p ishlashiga to'g'ri keladi.
Diomande jamoaga Vinisius bera olmayotgan barcha narsani taqdim etmoqda. Guler va Bernardu "Madrid" uchun almashtirib bo'lmas futbolchilardir. Jamoa nihoyat himoyada muvozanatni topdi. "Barselona" ustidan qozonilgan g'alaba "Madrid" uchun burilish nuqtasi bo'ldi".
Benito (sobiq "Madrid" futbolchisi): "Vinisiusning diskvalifikatsiyasi Mourinyuga qo'l keldimi? Portugaliyalik mutaxassisga u diskvalifikatsiyani o'tab bo'lganidan keyin uni zaxira o'rindig'ida qoldirish juda qiyin bo'ladi.Agar Vinisius optimal formada bo'lganida, hech qanday bahs bo'lmasdi. Ammo hozir u o'zining eng yaxshi darajasidan yiroq. Qolaversa, himoyada Vinisius jamoaga Diomande keltirayotgan foydaning yarmini ham bermayapti".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!