Bradley Barkolya «Liverpul»ga o'tmoqda
Good Sport ↗ ●●●●● Transfer 👁 19

Bradley Barkolya «Liverpul»ga o'tmoqda

«Liverpul» «PSJ» bilan 23 yoshli fransiyalik vinger Bredli Barkolya transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. The Athletic xabariga ko'ra, bitim 125 million yevro va 17 million yevro bonuslarni tashkil etadi. Bredli 24 soat ichida tibbiy ko'rikdan o'tib, besh yillik shartnoma imzolaydi.

💸 Moliyaviy jihatlar:

● «PSJ» Barkolya'ni 2023-yil yozida «Lion»dan 45 million yevroga sotib olgan edi. Yillik amortizatsiya 9 million yevroni, balans qoldig'i esa 18 million yevroni tashkil etadi.

● Demak, «PSJ» darhol 107 million yevro sof foyda ko'radi, bonuslar esa faollashganda qo'shiladi. Shuningdek, Barkolya'ning yiliga 10 million yevrolik maoshi ham byudjetdan chiqib ketadi.

● «Liverpul» uchun transfer yiliga 25 million yevroga (besh yillik amortizatsiya) va maoshga tushadi. Bonuslar esa faollashganda to'liq xarajat sifatida yoziladi.

👍 Tushunarli transfer. «PSJ» asosiy tarkib o'yinchisi bo'lmagan futbolchini yuqori narxda sotmoqda. Pozitsiya uchun esa 21 yoshli Miku Godts kabi arzonroq va istiqbolli o'rinbosar olindi. «Liverpul» esa Yevropaning eng yaxshi yosh vingerlaridan birini o'z safiga qo'shib olmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!