"Qirollik klubi" vingerining klub matbuot xizmatiga bergan intervyusi
"Madrid" safiga qaytishni va jamoadoshlarimni ko'rishni juda kutgandim. Oldindagi mavsumni intizorlik bilan kutyapman. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman.
Mourinyo qo'l ostidagi mashg'ulotlar a'lo darajada o'tmoqda. Biz juda intensiv va katta jismoniy yuklamalar bilan ishlayapmiz. Bu mavsumga eng yaxshi tarzda tayyorgarlik ko'rishimizga yordam beradi. Biz g'alaba qozonishda davom etishimiz kerak. Bu - "Real Madrid". Bu klubda har bir o'yinda yutish va ularga maksimal darajada jiddiy tayyorgarlik ko'rish talab etiladi. Hozircha mavsumoldi tayyorgarligimiz juda yaxshi o'tmoqda.
Mourinyo? Hammasi ajoyib ketmoqda. U ham, uning barcha yordamchilari ham juda yaxshi tayyorgarlik ko'rishgan. Joze kimligini va faoliyati davomida qancha sovrin yutganini bilamiz. Biz u bilan birga g'alaba qozonishda davom etmoqchimiz. Mourinyo bizga intensiv o'ynash bo'yicha ko'rsatma bermoqda. Bundan tashqari, u bizda ajoyib individual mahorat borligini va g'alaba qozonishga qodirligimizni, lekin eng muhimi - jamoaviy o'yin ekanligini aytadi. Shu sababli biz bir-birimiz uchun kurashamiz. Biz yagona jamoa bo'lishimiz kerak.
Maqsadim - 100 foiz tayyor bo'lish va "Madrid"ga yordam berish. Shubhasiz, maydonda bor kuchimni beraman. "Madrid" muxlislari o'yinimdan mamnun ekanligini ko'ryapman. Individual darajada har bir o'yinda maksimal darajada harakat qilmoqchiman. Jamoaviy darajada esa eng muhimi - sovrinlar yutish. Bu - "Real Madrid", bu yerda titullarni qo'lga kiritish kerak. Men juda baxtliman va "Madrid" tarkibida futboldan zavqlanishda davom etmoqchiman, chunki bu mening ishtiyoqim. Biz oldinga harakat qilishimiz, lahzalardan zavq olishimiz va hammasidan ijobiy narsalarni olishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!