— Amin Guirining o'yinlari haqida nima deb o'ylaysiz, u ba'zida umidlarni oqlamayapti (7 turda 5 ta gol, «umidlarni oqlamayapti», deb yozib qo'yamiz)?
Anjeda u aynan Roberto (De Dzerbi) gapirgan narsalarni aks ettiradigan o'yin o'tkazdi. Ya'ni: u o'z harakatlari va yordami bilan o'yinga qo'shila oladigan, shuningdek, gol ura oladigan yoki sheriklariga bo'shliq yaratish uchun jarima maydonchasida to'g'ri joylashadigan futbolchi. Imad (Abdelli) urgan golni nazarda tutyapman, o'shanda u (Guiri) birinchi ustun tomon harakatlanib, Imad uchun zona ochib bergandi. Bu uning arsenaliga kirishi kerak. U o'yinlarida barqarorlikka erishishi lozim. U buni biladi, men u bilan ko'p gaplashganman, uni anchadan beri taniyman. U har uch kunda shunday o'yin ko'rsatishga qodir bo'lishi kerak. Men ham undan nima kutayotganimni tez-tez takrorlab turishim kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!