Crystal Palace bosh murabbiyi Pyer Sajga vaziyatni o'nglab olish uchun ko'proq vaqt beriladi, garchi jamoa prinsipial raqib Braytondan yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham. ⏳
Fransiyalik mutaxassisning holati diqqat markazida qolmoqda va klub raisi Stiv Perish yaqin o'yinlarda o'sish belgilari kuzatilmasa, chora ko'rishga tayyor. 🔜
Payshanba kuni Turkiyada yana bir yirik mag'lubiyat klubni Saj borasidagi qarorini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin, biroq rahbariyat baribir u jamoani yanada barqaror qilish yo'lini topishini istamoqda. 🧐
Bundan tashqari, klub rahbariyati bir necha haftadan beri bosh murabbiyning himoyaviy yondashuvidan xavotir bildirmoqda. 👀
Crystal Palace Premer-ligada himoyadagi o'yin bo'yicha eng yomon ko'rsatkichga ega. ❌
Manbalar: Bobbi Menzi – Daily Mail va Mett Vusnam – The Athletic
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!