Crystal Palace bosh murabbiyi Pyer Sajga Braytondan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng yana vaqt beriladi, ammo rahbariyat himoyadagi o'yindan xavotirda.
Crystal Palace bosh murabbiyi Pyer Sajga vaziyatni o'nglab olish uchun ko'proq vaqt beriladi, garchi jamoa prinsipial raqib Braytondan yirik hisobda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa ham. ⏳
Fransiyalik mutaxassisning holati diqqat markazida qolmoqda va klub raisi Stiv Perish yaqin o'yinlarda o'sish belgilari kuzatilmasa, chora ko'rishga tayyor. 🔜
Payshanba kuni Turkiyada yana bir yirik mag'lubiyat klubni Saj borasidagi qarorini qayta ko'rib chiqishga majbur qilishi mumkin, biroq rahbariyat baribir u jamoani yanada barqaror qilish yo'lini topishini istamoqda. 🧐
Bundan tashqari, klub rahbariyati bir necha haftadan beri bosh murabbiyning himoyaviy yondashuvidan xavotir bildirmoqda. 👀
Crystal Palace Premer-ligada himoyadagi o'yin bo'yicha eng yomon ko'rsatkichga ega. ❌
Manbalar: Bobbi Menzi – Daily Mail va Mett Vusnam – The Athletic