David Raya: "Jamoa xarakter ko'rsatdi va g'alabaga erishdi"
We Are The Arsenal ↗ ●●●●● Matbuot 👁 29

David Raya: "Jamoa xarakter ko'rsatdi va g'alabaga erishdi"

David Raya:

"Biz yetuklik va g'alaba qozonish uchun katta istak ko'rsatdik. To'g'ri ishlarni davom ettirish kerak, ertami-kechmi to'p darvoza to'ridan joy oladi. Oxirgi ikki yilda biz bu yerga kelib 0:0 hisobini qayd etgandik. Bugun jamoa xarakter ko'rsatdi, gol urish imkoniyatlarini izlashda davom etdi va yakunda Noni tufayli maqsadiga erishdi.
Madueke — o'ziga xos futbolchi. O'ylayman-ki, bu gol u uchun alohida ahamiyatga ega bo'ladi, chunki u bunday qiyin stadionda va murakkab raqibga qarshi o'yinda bizga g'alaba keltirdi. Men u uchun juda xursandman".

Braytondan uchralgan mag'lubiyatga munosabat haqida

"Biz juda kuchli qaytdik, ayniqsa Braytondan uchralgan og'riqli mag'lubiyat va 19 kunlik tanaffusdan keyin. Bizning munosabatimiz, o'yinimiz va g'alabali yo'lga qaytganimiz shunchaki aqlbovar qilmas. Men ko'rsatgan o'yinimizdan juda mamnunman. Albatta, doim yaxshilash kerak bo'lgan jihatlar bor, lekin hozir ijobiy pallalarga e'tibor qaratishimiz kerak. Endi esa chorshanba kunini intiqlik bilan kutamiz".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!