🗣️ Deklan Rays:
«Mening jahon chempionatidagi jarohatimmi? Yozda uch hafta mutlaqo dam oldim va jarohatdan xotirjam tiklanish uchun umuman hech narsa qilmadim. Yangi va ishga tayyor holda qaytdim. Hozir o'zimni a'lo darajada his qilyapman, juda yaxshi saviyada o'ynayapman va bu kelgusida ham davom etishiga umid qilaman».
Mavsum starti haqida:
«Qaytganimizdan beri murabbiy birinchi kundan boshlab bor kuchi bilan ishlamoqda. U bizdan ko'proq narsani talab qilmoqda, bir-birimizdan ko'proq narsani talab qilishga va barcha turnirlarda yana kurashishga chorlamoqda. Boshlanishi yaxshi, endi esa bizni «Sanderlend»ga qarshi qiyin safar o'yini kutib turibdi.
Edegor? Uning mahorati doim o'zi bilan bo'lgan va hech qachon shubha uyg'otmagan. O'tgan mavsumda u yelkasidan ikki marta jarohat oldi, keyin esa tizzasidagi yon bog'lamini shikastlab oldi. Bu oson emas. Ammo jahon chempionatida va joriy mavsum boshida biz o'zimiz biladigan va yaxshi ko'radigan o'sha Martinni ko'rdik. U bizning sardorimiz. Biz unga to'pni uzatishda davom etishimiz kerak, qolganini esa u o'zi hal qiladi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!