🚌 Diego Simeone:
Biz juda ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Himoyani kuchaytirishimiz kerak, chunki biz qodir bo'lgan darajada yaxshi himoyalanmayapmiz. Bugungi gollar xatolarimiz natijasi.
Men o'yindan qoniqdim. Yigitlar bor kuchini berishdi. Birinchi bo'lim muhim edi. Ikkinchi bo'limda muqobil variantlarni izladik, ammo birinchi bo'limdagidek hujum qila olmadik. Biz o'z imkoniyatlaridan klinik aniqlik bilan foydalangan jamoaga yutqazdik. Ishlashimiz va ba'zi muhim detallarni yaxshilashimiz kerak.
Markos Lorente:
Men yana «Enfild»da gol urganimdan juda xursandman, bunga ishonolmayapman, lekin jamoa g'alaba qozonmasa va yoshing o'tib qolsa, urilgan gol unchalik ahamiyat kasb etmay qolar ekan.
❤️🔥 Jurnalist Kokedan Xulian Alvares haqida so'radi.
• Kokening javobi: «Yigitni tinch qo'yishingiz kerak. Biz bundan juda charchadik. Unga zavq olishiga va o'ynashiga imkon bering. Butun yoz davomida juda bezovta qildingiz, endi unga biroz tinchlik bering».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!