Diomande agenti: «Mening mijozimda «Liverpul» va «PSJ»dan takliflar bo'lgan. Biroq Diomande «Real Madrid»ni tanladi. Yanning aynan shu klubga o'tish borasida hech qanday shubhasi yo'q edi. U «Madrid» nima uchun u uchun bunchalik katta mablag' to'laganini isbotlash yo'lida.
Diomande bilan ilk bor tanishganimda, u «Real Madrid»ga o'tish uning orzusi ekanligini aytgandi. Bundan tashqari, u qachondir «Oltin to'p»ni qo'lga kiritishni orzu qiladi.
Diomande: «Bolaligimdagi sevimli klubim? Bu savolga javob berish qiyin, chunki o'sha paytda futbol ko'rish uchun televizorim bo'lmagan. Lekin men Ronalduni yaxshi ko'rardim»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!