Dominik Soboslai Nyu-Yorkda "Reksem"ga qarshi o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng Kertis Jons bilan yuzaga kelgan tushunmovchilik haqida gapirdi. Jons ikkinchi bo'limda almashtirilganida, Soboslai sardorlik bog'ichini unga emas, balki Kostas Tsimikasga berganidan norozi bo'lgan edi.
"Biz uchalamiz o'rtamizda hech qanday mojaro bo'lmagan. Biz shunchaki maydonda bir narsani muhokama qildik. Keyin siz (OAV) bundan katta voqea yasadingiz. Keyingi safar buni kiyim almashtirish xonasida hal qilamiz. Hech kim hech kimdan xafa emas. Hammasi oydinlashdi. Bizda hammasi joyida", - dedi futbolchi.
Soboslai, shuningdek, Robertson ketganidan keyin kim yangi vitse-sardor bo'lishi haqida "hech qanday gap-so'z bo'lmaganini" qo'shimcha qildi.
"Men uchun bu juda muhim lahza edi. Nima bo'lishini ko'ramiz. Bu mening tanlovim emas. Hali uzil-kesil hal qilinmagan", - deya ta'kidladi u.
"Agar sizga "Liverpul" vitse-sardorligi lavozimini taklif qilishsa, uni qabul qilasizmi? Men faxrlanardim, lekin barchani hurmat qilaman. Sardor etib kim tayinlanishidan qat'i nazar, biz unga ergashamiz".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!