The Guardian nashri jurnalisti Ed Aarons Sky bergan ma'lumotni tasdiqlab, futbolchining narxi «kamida 50 million yevro» ekanligini ma'lum qildi. «Bayer» uchun bu kelishuvdan nima naf borligi unchalik tushunarli emas (o'yinchini yana bir yil olib qolib, «Liverpul»dan ancha ko'proq pul ishlash ehtimoli yuqori), ammo narx shunday bo'lsa, Jarellni qaytarish haqida o'ylab ko'rmaslik qiyin, uni raqobatchilarga berib yuborish juda ahmoqona ish bo'lardi.
Arauxoning ijarasini hisobga olgan holda, bu qaytish hozir kerakmi degan savol boshqa masala. Katta ehtimol bilan yo'q, unga «Bayer»da yana bir mavsum o'ynab, rivojlanishda davom etishiga imkon berish, keyin esa kelishilgan band bo'yicha xotirjam o'z safiga qaytarib olish mantiqiyroq.
Ammo tanlov
«tarbiyalanuvchini hozir «Arsenal»ga arzon narxda berib yuborish»va
«markaziy himoyachi pozitsiyasida biroz ortiqcha o'yinchi bo'lsa ham, uni hozir o'z safiga qaytarib olish»o'rtasida tursa, ayniqsa Leonining qachon maydonga qaytishi noma'lumligini hisobga olsak, bu yerda tanlov yo'qdek.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!