Ekspertlar Arda Gulerning markazda o'ynashini yoqlashmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 25

Ekspertlar Arda Gulerning markazda o'ynashini yoqlashmoqda

📰 B. Fernandes (jurnalist):

Arda Guler mavsum oxirigacha har daqiqa maydonda bo'lishi kerak. U shunchaki aqlbovar qilmas darajada. Guler — aynan "Madrid"ga kerak bo'lgan markaziy yarim himoyachi. Gulerni tayanch yarim himoyachilar juftligidan olib tashlash kerak emas. Valverde esa yarim himoyadan ko'ra, o'ng qanot himoyasida ko'proq foyda keltirmoqda.

📻 Valentin (Radio Marca jurnalisti, "Madrid" sosiosi):

"Madrid"ning Mourinyu qaytganidan beri ko'rsatgan eng ishonchli g'alabasi aynan shunday tarkib bilan qo'lga kiritilgani tasodif deb o'ylamayman. Kimdir menga Guler nega markazda o'ynashda davom etmasligi kerakligini va Valverde nega yana Tchuameni bilan birga tayanch zonasida chiqishi kerakligini tushuntirib bera oladimi?

📻 A. Blanko (Radio Marca jurnalisti):

"Real Madrid" Guler markazda, Valverde esa o'ng qanot himoyasida o'ynaganda ancha yaxshi harakat qilmoqda.

📻 Ortego (Onda Cero jurnalisti):

"Sevilya"ga qarshi o'yinda Guler Tchuameni bilan birga tayanch yarim himoyasida o'ynay olishini isbotladi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!