Entoni Gordondan kutilmagan taqqoslash
Jurnalist:
Sizga ingliz futbolchilari Premer-ligadagi mavsumdan so'ng, ehtimol, klub darajasida birga o'ynayotgan jamoadoshlariga qaraganda ko'proq charchagan holda kelayotgandek tuyulmaydimi?
Gordon:
O'ylashimcha, bu katta ehtimol bilan haqiqat. Statistika qandayligini bilmayman, lekin bunga deyarli aminman. Chunki Angliyada... Boshqa ligalarda oson o'yinlar bo'ladi demoqchi emasman, lekin bu yerda har bir o'yin avvalgisidek og'ir kechadi.
Arsenalga qarshi o'ynash — bu ma'noda Premer-ligaga endigina chiqqan jamoaga qarshi o'ynash bilan bir xil.
Premer-liganing qiyinchiligi ham shunda. Har bir o'yin juda katta intensivlik bilan o'tadi va istalgan jamoa g'alaba qozonishi mumkin. Masalan, adashmasam, Xall Premer-ligaga endigina ko'tarilgandi va ular Nyukasl bilan o'yingacha mag'lubiyatsiz ketayotgan edi. Bu Premer-liga va umuman ingliz futbolining kuchini ko'rsatadi. Va menimcha, Premer-ligada to'p suradigan ingliz futbolchilari uchun organizmdagi yuklama boshqa mamlakatlarda o'ynaydigan futbolchilarnikiga qaraganda sezilarli darajada yuqori.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!