Erik Kantona «Manchester Yunayted»ning stadion qurish rejalarini tanqid qildi
Манчестер Юнайтед ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 31

Erik Kantona «Manchester Yunayted»ning stadion qurish rejalarini tanqid qildi

🗣️ Erik Kantona — «Manchester Yunayted»ning yangi stadion qurish rejalari haqida:

«Agar bu g'oya to'g'ri odamlardan chiqayotgan bo'lsa, unda yomon joyi yo'q. Umid qilamanki, stadionni haqiqatdan ham qurishadi va bu navbatdagi quruq va'da bo'lib qolmaydi.

Ammo hozir «Yunayted» butunlay boshqa narsalar haqida o'ylashi kerak. Balki, aynan shunday xarajatlar sababli klub transfer bozorida normal ishlay olmayotgandir, shu bilan birga hech narsada aybi yo'q Maykl Kerrikka yanada ko'proq bosim o'tkazilmoqda.

Avval kuchli jamoa tuzish kerak, keyin esa stadion qurish mumkin. «Chelsi» hamon «Stemford Brij»da o'ynamoqda — muvaffaqiyat uchun yangi stadion shart emas.

Tarkibga yetarlicha investitsiya kiritmaslik klubning eng katta xatosiga aylanishi mumkin. Hatto yangi arenadagi ilk o'yin mag'lubiyat bilan yakunlansa ham ajablanmayman.

Ko'rinishidan, ular «Manchester Yunayted»ni vayron qilish uchun hamma narsani qilishmoqda. Avval ser Aleks Fergyusonni elchi lavozimidan chetlatishdi, holbuki u klub uchun shunchaki afsonadan ko'proq narsa. Endi esa haqiqiy timsol bo'lgan «Old Trafford»ni o'zgartirmoqchi bo'lishyapti.

«Arsenal» «Xayberi»dan ko'chib o'tgach, o'z ruhining bir qismini yo'qotgan edi. Umid qilamanki, «Yunayted» bilan ham xuddi shunday holat yuz bermaydi».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!