Ethan Nwaneri «Borussiya»ga o'tishi haqida gapirdi
We Are The Arsenal ↗ ●●●●● Matbuot 👁 51

Ethan Nwaneri «Borussiya»ga o'tishi haqida gapirdi

🎙 Ethan Nwaneri «Borussiya»ga o'tganidan keyingi ilk intervyusida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

— Nega aynan «Borussiya»?

Klubning qiziqishi haqida bilgan zahotim, transferga tayyor edim. Hammasi juda tez sodir bo'ldi.

— Jobe Bellingham qaroringga ta'sir qildimi?

Ha. U bir necha kun davomida menga «Borussiya»ga o'tishim kerakligini aytdi.

— Qaysi pozitsiyada o'ynash senga qulayroq?

Hujumdagi to'rtta pozitsiyaning barchasi menga mos keladi. Markazda ham, qanotlarda ham o'ynay olaman. Asosiysi — darvozaga yaqinroq bo'lish, to'pni qabul qilib olish va o'yinga ta'sir o'tkazish.

— «Borussiya»da seni nima o'ziga tortdi?

Muxlislar, stadion va bu yerda yosh futbolchilarni rivojlantirish tizimi. Ko'pchilik bu yerga kelib, o'z nomini yaratadi va yangi darajaga chiqadi.

— Chempionlar ligasida «Emireyts»ga qaytishingga to'g'ri keladi.

U yerda o'ynash har doim qiyin. Atmosfera ajoyib, shuning uchun biz tayyor bo'lishimiz kerak.

— Mavsumdagi asosiy maqsading nima?

O'z o'rnim uchun kurashish, bor kuchimni berish va jamoa uchun hamma narsani qilish.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!