Ethan Nwaneri Dortmundning «Borussiya» jamoasi safida debyut golini urishiga oz qoldi, biroq gol ofsayd tufayli bekor qilindi.
Ethan Nwaneri Dortmundning «Borussiya» jamoasi safidagi o'zining ilk golini urishiga oz qoldi. U ajoyib tarzda «qaychi» uslubida zarba yo'lladi, biroq ofsayd sababli gol hisobga olinmadi.
«Arsenal»dan ijaraga olingan yarim himoyachi orzusidagi golga yaqin kelgan bo'lsa-da, yakunda Dortmundning «Borussiya» jamoasi ikki to'p farqi bilan bo'lgan ustunlikni boy berdi va «Verder» bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi.
Ethan Nwaneri «Borussiya»ga o'tishi, Jobe Bellinghamning ta'siri va yangi mavsumdagi maqsadlari haqida gapirdi.
🎙 Ethan Nwaneri «Borussiya»ga o'tganidan keyingi ilk intervyusida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
— Nega aynan «Borussiya»?
Klubning qiziqishi haqida bilgan zahotim, transferga tayyor edim. Hammasi juda tez sodir bo'ldi.
— Jobe Bellingham qaroringga ta'sir qildimi?
Ha. U bir necha kun davomida menga «Borussiya»ga o'tishim kerakligini aytdi.
— Qaysi pozitsiyada o'ynash senga qulayroq?
Hujumdagi to'rtta pozitsiyaning barchasi menga mos keladi. Markazda ham, qanotlarda ham o'ynay olaman. Asosiysi — darvozaga yaqinroq bo'lish, to'pni qabul qilib olish va o'yinga ta'sir o'tkazish.
— «Borussiya»da seni nima o'ziga tortdi?
Muxlislar, stadion va bu yerda yosh futbolchilarni rivojlantirish tizimi. Ko'pchilik bu yerga kelib, o'z nomini yaratadi va yangi darajaga chiqadi.
— Chempionlar ligasida «Emireyts»ga qaytishingga to'g'ri keladi.
U yerda o'ynash har doim qiyin. Atmosfera ajoyib, shuning uchun biz tayyor bo'lishimiz kerak.
— Mavsumdagi asosiy maqsading nima?
O'z o'rnim uchun kurashish, bor kuchimni berish va jamoa uchun hamma narsani qilish.
Sky Sports xabariga ko'ra, Ethan Nwaneri agar yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar Premer-liganing boshqa klubidan taklif tushmasa, Arsenal'da qolishni istamoqda.
🚨 Sky Sports xabariga ko'ra, Ethan Nwaneri agar yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar Premer-liganing boshqa klubidan jozibador taklif tushmasa, Arsenal'da qolishni istamoqda.
Qayd etilishicha, futbolchi xorijga ko'chib o'tishni xohlamayapti.
Gabriel Jezus jamoaning yosh futbolchisi Dauman haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi va uning o'yin uslubini yuqori baholadi.
🗣️ Jezus Dauman haqida:
«U to'p bilan juda va juda yaxshi harakat qiladi. To'p uning nazoratida bo'lganda, uni olib qo'yish haqiqatan ham qiyin. Shu bilan birga, u ham qanotda, ham markazda o'ynay oladi, bu ham juda yaxshi belgi. U kuchli, haqiqatan ham kuchli. Juda baquvvat. Men uni haqiqiy ingliz futbolchisi deb aytgan bo'lardim. Jismonan baquvvat va shu bilan birga to'p bilan juda yaxshi muomalada. Qolaversa, unda qotillik instinkti ham bor, ayniqsa mashg'ulotlarda. Xuddi Itan kabi»