Federiko Valverde o'yindan keyingi intervyuda quyidagilarni ta'kidladi:
O'yin haqida:
Biz o'z o'yinimizni o'tkazdik, vaziyatlarimiz ham bo'ldi. Ikkinchi bo'limda ularni qo'ldan chiqardik. Biz ko'proq o'z o'yinimizni o'tkazishimiz, to'pga ko'proq egalik qilishimiz va ayniqsa, o'z uyimizdagi stadionda himoyachilarga dam berishimiz kerak. Mourinyu bizga to'pga ko'proq egalik qilish va xotirjam o'ynashni juda aniq aytdi. Biz buni bajara olmadik. O'zimizga nisbatan tanqidiy bo'lishimiz kerak. Ikkinchi bo'limni yomon o'tkazganimizni tushunib turibmiz.
Oltin to'p haqida:
Biznikilardan kimdir g'olib bo'lsin. O'z hissamni qo'shayotganimdan xursandman.
Muxlislarning asabiylashishi haqida:
Ular mutlaqo haq. Biz yaxshilanishimiz, nima qilish kerakligini aniq tushunishimiz kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!