Filipe Luis Lamin Kamaraning «Chelsi»ga ketayotganidan g'azabda va o'zini xiyonat qilingandek his qilmoqda. 🤬
Abdel Xamed xabariga ko'ra, braziliyalik murabbiy senegallik yarim himoyachini o'z o'yinining markaziy elementi qilmoqchi edi.
Ishonaman. Filipe 100500 marta Kamarani maqtab, uni saqlab qolishni iltimos qilgan. «Marsel»ga qarshi o'yindan so'ng, Skuro uni olib qolish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishini aytgandi. Qolaversa, yakunda Luis ham yuqori baholagan Lira ham kelmadi.
Bu yerda afsuski, amalga oshmay qolgan boshqa kelishuvlar ham o'z rolini o'ynadi. Skuroning jamoa bosh murabbiyi bilan munosabatlari tez sur'atlar bilan yomonlashmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!