Florentino Peres va «Barselona» sudga chaqirildi
ZZoneRM ↗ ●●●●● Umumiy 👁 11

Florentino Peres va «Barselona» sudga chaqirildi

📰 Marca | Peres va «Barselona» sudga yarashuv majlisiga chaqirildi. Bu «Barselona» tomonidan «Real Madrid» prezidentining may oyidagi so'zlari yuzasidan qo'zg'atilgan tuhmat ishi doirasida amalga oshirilmoqda. Majlis 25 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Unda «Barselona» Peresdan o'z bayonotlarini qaytarib olishni va uzr so'rashni talab qiladi. Agar «qaymoqranglilar» prezidenti ushbu talablarni bajarsa, kataloniyaliklar unga qarshi da'voni qaytarib olishadi.

Shu bilan birga, «Barselona» Peres sudga kelmasa yoki kelib, o'z so'zlaridan voz kechmasa, jinoiy da'vo qo'zg'atishini ma'lum qildi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!