Gabriel Martinelli «Galatasaroy» taklifini rad etdi
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 8

Gabriel Martinelli «Galatasaroy» taklifini rad etdi

Gabriel Martinelli hujum chizig'ini kuchaytirishi mumkin bo'lgan nomzodlardan biri sifatida «Roma» bilan bog'lanmoqda. «Arsenal» bilan shartnomasi kelasi yili yakuniga yetadigan braziliyalik vinger «Galatasaroy» taklifini rad etdi.

Devid Ornsteyn xabariga ko'ra, futbolchi ingliz klubiga Turkiyaga ko'chib o'tishni istamasligini ma'lum qilgan. «Galatasaroy» «kanonirlar»ga braziliyalik futbolchi uchun 45 million yevro taklif qilgan, biroq futbolchining o'zidan rozilik ololmagan. «Roma» uchun esa bu transfer murakkab vazifa bo'lib qolmoqda, bunga sabab yuqori xarajatlar, xususan, transfer summasi va eng avvalo, o'yinchining maoshi bilan bog'liq masalalardir.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!