Galatasaroy Rafael Leao uchun taklifini 40 million yevro va 5 million yevro bonus ko'rinishida oshirdi, ammo Milan yana rad javobini berdi.
Rossonerilar kamida 50 million yevro olishni istamoqda.
Leao o'zi ham hozircha shoshilmayapti — u hali ham Angliya Premyer ligasidan taklif kutmoqda. Mumkin bo'lgan variantlar qatorida Chelsi va Manchester Yunayted nomlari tilga olinmoqda.
Galatasaroyning sabri cheksiz emas: klub bitimni 48 soat ichida yopmoqchi, aks holda Gabriel Martinelli variantiga o'tadi.
Agar Leao ketsa, Milan o'rniga bir nechta nomzodni ko'rib chiqmoqda: Dario Osorio, Matias Sule, Itan Nvaneri va hatto Braim Diasning qaytishi ham istisno qilinmayapti.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!