«Oltin to'p» topshirish marosimi yaqinlashmoqda. Aytishlaricha, Harri Keyn favorit, Lamin Yamal esa ikkinchi o'rinda. Shu bois biz ushbu ikki futbolchini baholash uchun aynan siz eng munosib nomzod deb o'yladik.
🗣 Gordon: «Men bu borada gapiradigan odam emasman (kuladi)».
❓Siz bu haqda nima deb o'ylaysiz?
🗣 Gordon: «Mening fikr bildirishim qiyin, chunki o'zim hali bunday darajada emasman. Bu vaziyatda men ham siz kabi shunchaki ushbu ikki futbolchining muxlisiman. Mening nazarimda, erishgan yutuqlarini hisobga olsak, sovrin ulardan biriga nasib etishi kerak. Laminning bunchalik yoshligida erishgan yutuqlari... U aqlbovar qilmas futbolchi. Hozir u mutlaqo boshqa darajada. 19 yoshda bunday ishlarni qilish — bu shunchaki aqldan ozish».
❓Lamin hozir dunyodagi eng yaxshi vinger hisoblanadimi?
🗣 Gordon: «O'ylayman-ki, ha. Agar faqat futbol mahorati va ko'nikmalari haqida gapiradigan bo'lsak, men uchun u shubhasiz birinchi raqamli futbolchi. Ammo o'tgan mavsumga nazar tashlasak, Harrida ham boshqalardan kam bo'lmagan jiddiy dalillar bor, chunki uning mavsumi tarixiy bo'ldi. Urilgan gollar soni, Jahon chempionatida biz uchun qilgan ishlari... Ikkalasining ham juda jiddiy argumentlari bor. Ikkalasiga ham omad tilayman».
❓Biz Harri Keyn haqida gaplashdik, ammo Jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi va ayni vaqtda g'olibi Rodri bo'ldi. Hamma uning qanchalik kuchli ekanini biladi, lekin siz uni qanday baholaysiz?
🗣 Gordon: «Sizga bu haqda aytib o'tirishim shart emas, chunki biz uzoq vaqtdan beri uni kuzatishdan zavq olib kelamiz, men esa unga qarshi o'ynaganman va u qanchalik yaxshi futbolchi ekanini doim bilganman. Endi u bilan birga o'ynayotganimdan juda xursandman, chunki futbol nuqtai nazaridan u — daho. Uning xotirjamligi, to'pni deyarli yo'qotmaslik qobiliyati... Unga qarshi o'ynaganimda, doim u mendan bir qadam oldinda ekanini his qilardim. Bunday futbolchining jamoamda borligi yaxshi. Eng avvalo, aynan shu xotirjamlik haqida gap ketyapti. Unga qarshi o'ynashga majbur bo'lganimdan ko'ra, jamoamda u bilan birga bo'lish menga ancha xotirjamlik bag'ishlaydi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!