Hakan Chalxanog'lu: «Kelajagim klubga bog'liq»
Internazionale Milano ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 13

Hakan Chalxanog'lu: «Kelajagim klubga bog'liq»

Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Hakan Chalxanog'lu o'zining «Inter»dagi kelajagi haqida gapirdi:

«Men bu yerda ekanligimdan xursandman. Milan shahrida, rafiqam bilan birga o'zimizni juda yaxshi his qilyapmiz, «Inter»da ham shunday. Bizning ko'plab do'stlarimiz bor, farzandlarimiz maktabga borishadi. Kelajagim esa menga emas, klubga bog'liq».

— Bu sizga ham bog'liq-ku.

«Yo'q, chunki shartnomani uzaytirish bo'yicha hech qanday aloqalar bo'lmadi. Men futbolchiman va faqat o'yin haqida o'ylayman. Ammo besh yil ichida biz ko'p yaxshi ishlarni qildik deb hisoblayman: 8 ta sovrin, 2 ta Chempionlar ligasi finali. Muxlislar meni yaxshi ko'rishadi, men ham ularni sevaman. Nima bo'lishini kuzatamiz».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!