Hansi Flik o'yinlardan keyingi matbuot anjumanida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
Hansi Flik: "Bular yaxshi o'yinlar bo'ldi, jumladan "Nottingem" bilan ham... "Udineze" bilan ham xuddi shunday. Ikkala jamoa ham kuchli. Birinchi uchrashuv normal o'tdi. Biz ko'p narsani ancha yaxshiroq qila olamiz, ammo voqelik shunday. Biz bu haqda gaplashib olamiz, lekin umuman olganda, ko'rganlarimdan mamnunman. Kecha bizda mashg'ulot bo'lgandi va uning sifati menga unchalik yoqmagani uchun undan unchalik qoniqmadim. Bu mavsumda birinchi marta shunday holat kuzatildi, bugun esa ancha yaxshi edi".
Arauxo va boshqa o'yinchilarning ketishi haqida:
Hansi Flik: "O'yinchilar atrofida katta shov-shuv ko'tarildi deb o'ylayman. Biz nima xohlayotganimizni bilamiz... Biz doimo jamoani rivojlantirish va kerakli o'yinchilar bilan kuchaytirish haqida gapiramiz. Ammo biz mutlaqo xotirjammiz, jamoamizda yuqori mahorat darajasi bor. Bu maydonga yosh futbolchilar tushganida ham ko'rinib turibdi. Kelasi hafta ko'plab o'yinchilarimiz qaytishadi. Buni to'g'ri boshqarish kerak. Xullas, bu mavsumoldi tayyorgarligi odatiy emas. Bizda bor-yo'g'i 10-12 kun bor, keyin esa birinchi o'yin, shuning uchun, aslida, terma jamoalar o'yinlari uchun birinchi tanaffusgacha qandaydir yo'l bilan vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak. Keyinroq, o'ylayman-ki, hamma yuz foiz tayyor bo'ladi".
PSJ "Barselona"ga Ferran Torres bilan kelishuvga erishgani haqida:
Hansi Flik: "Men hozir jamoaga e'tibor qaratganman. Aytganimdek: men o'yinchilarning ta'tilini hurmat qilaman. Hozircha bu haqda hech narsa bilmayman, bugun ikki o'yinga e'tibor qaratgandim va boshqa hech narsaga emas. Bu borada menda hech qanday ma'lumot yo'q".
Rafinya va Ferminning o'yini haqida:
Hansi Flik: "Fermin bilan ham qandaydir yo'l tutishimiz kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda Rafinya biz bilan 10-12 kundan beri, Fermin esa bir necha kun ko'proq. Hammasi normal o'tdi, 45 daqiqadan so'ng ularni almashtirdik. Rafinya men uchun — va men buni tez-tez aytaman — eng muhim o'yinchi. Chunki u ajoyib dinamika va intensivlikka ega. Biz undan aynan shuni kutamiz. U sardorlardan biri va bizga u jamoaga, maqsadlarimizga yuz foiz jalb qilinishi kerak. Men unda ko'rmoqchi bo'lgan narsa shu".
Kasado va Runining ketishi haqida:
Hansi Flik: "Men uchun bu oson emas. Klubda qarorlar qabul qilishimizga to'g'ri keldi, men ular bilan o'tgan mavsum oxirida va hozir gaplashdim. Angliyadagi yig'inlar vaqtida ularning vaziyatini muhokama qildik va bu masalada hech narsa o'zgarmadi. Men ularga o'z fikrimni aytdim va ular biz bu haqda nima deb o'ylayotganimizni bilishadi. Gap faqat men haqimda emas, balki klubning pozitsiyasi haqida ham ketyapti. Vaziyat shunday. Mavsumdan so'ng jamoada ma'lum o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Bugun siz ham ko'rishingiz mumkinki, bizda yosh o'yinchilar ko'p... Jumladan, o'tgan mavsumda biz bilan birga bo'lganlar ham. Ular uchun joy bo'shatish va o'ynash imkoniyatini berish muhim. Aynan shuning uchun biz shunday qaror qabul qildik".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!