✨🎤 Herbert Xayner Manuel Noyerning «Augsburg»ga qarshi o'yindagi xatosi haqida:
«Bu, albatta, omadsiz holat edi. Manuel Noyer dunyodagi eng yaxshi darvozabonlardan biri bo'lib qolmoqda. U bizga ko'plab o'yinlarda ochko keltirgan. Kechagi kabi xatolar har doim yuz berishi mumkin. Men ishonamanki, bu uning yoshiga bog'liq emas, bunday holat u 20 yoshida ham sodir bo'lishi mumkin edi. U buni yengib o'tadi va biz u bizning safimizda ekanligidan xursandmiz»
✨🎤 Xayner Yonas Urbig allaqachon Manuel Noyerning o'rnini egallashi kerak deb hisoblaydiganlar haqida:
«Avvalo, shuni aytishim kerakki, sport direktorligimiz ajoyib ish bajardi. Biz eng yaxshi yosh darvozabonlardan birini — Yonas Urbigni imzoladik. U o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda, Manuel Noyer bilan ajoyib uyg'unlikka ega. Yonas allaqachon Germaniya terma jamoasi safida ilk o'yinlarini o'tkazdi. Ishonchim komilki, u «Bavariya» va Germaniya uchun birinchi raqamli darvozabon bo'ladi. Kelgusi hafta va oylarda nimalar bo'lishini ko'ramiz. Klub har ikki darvozabon bilan ham muzokaralar olib bormoqda. Ishonchingiz komil bo'lishi mumkinki, biz vaziyatni a'lo darajada hal qilamiz. Biz Yonas Urbig o'tgan mavsumdagiga qaraganda ko'proq o'yinlarda maydonga tushishi borasida kelishib olganmiz»
❓ Ba'zi odamlar Maykl Olise «Bavariya»dan keyingi qadamni qo'yishi kerakligini, chunki Bundesliga u kabi o'yinchi uchun «juda kichik» ekanligini aytishmoqda. Bu haqda nima deb o'ylaysiz?
✨🎤 Herbert Xayner:
«Avvalo, shuni aytishim kerakki, biz Maykl Olise bizning safimizda ekanligidan juda xursandmiz. U dunyoning eng yaxshi o'yinchilaridan biriga aylandi. Ishonchim komilki, bir kun kelib u «Oltin to'p»ni yutishi mumkin, balki bu yil ham. U bizda o'zini juda qulay his qilmoqda. U biz bilan sovrinlar yutishi va xalqaro miqyosda eng yuqori darajada futbol o'ynashi mumkin. Biz UEFA Chempionlar ligasi yarim finaliga qadar yetib bordik va Parijga qarshi ajoyib o'yinlar o'tkazdik. Aynan u xohlagan narsa shu. Yozda «Real Madrid»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga kelsak, shuni ayta olamanki: «Bavariya» — bu o'yinchilarni sotishga majbur bo'lmaydigan klub, biz kuchli pozitsiyadan turib qaror qabul qilamiz. Olise bilan 2029-yilgacha mo'ljallangan shartnoma bor va umid qilamanki, u buni uzaytiradi»
✨🎤 Xayner Harri Keynning kelajagi haqida:
«Men juda optimistikman, Yan Dreezen va direktorlar kengashimizdan bilamanki, muzokaralar juda yaxshi ketmoqda. Harri va uning oilasi Myunxenda o'zlarini juda qulay his qilishmoqda. Juda optimistikman, bu ish yaqin vaqt ichida yakunlanadi»
❓ Ishlarning cho'zilishiga sabab u 3 yillik shartnoma xohlayotgani, «Bavariya» esa faqat ikki yil taklif qilayotgani rostmi?
✨🎤 Xayner:
«Yo'q, umuman unday emas. Gap ko'plab tafsilotlar haqida ketmoqda. Tasvir huquqlari, shaxsiy huquqlar va h.k. Biz bu tafsilotlarni aniqlashtirib olamiz. Gap shartnoma muddati yoki shunga o'xshash narsalarda emas»
❓ Agar «Manchester Siti» turnirdan chetlatilsa, Xoland «Bavariya» uchun variant bo'lishi mumkinmi? Siz avvalroq u bilan qiziqqan edingiz...
✨🎤 Xayner:
«Bizda Keyn, Olise, Dias va boshqalar bilan ajoyib hujum chizig'i bor. O'tgan mavsumda 120 tadan ortiq gol urdik. Shuning uchun hujumda juda yaxshi jamlanganmiz deb o'ylayman»
❓ Balki kelajakda, Keyndan keyin?
✨🎤 Xayner:
«Agar bir necha yildan keyingi kelajak haqida gapiradigan bo'lsak, u holda yangi vaziyat yuzaga keladi va biz ko'ramiz»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!