Ian Wright Eberechi Eze haqida fikr bildirdi. Afsonaviy futbolchi Ezening «Nottingem Forest»ga qarshi o'yinda tanaffusda almashtirilganidan so'ng unga hamdardlik bildirdi.
«Unga hozir juda og'ir. Maduekeda tezlik bor, Eze esa ko'proq epizodlar futbolchisi. U to'p bilan muomala qilganda yonida sheriklari kerak. Raqiblarni birga-bir vaziyatda aldab o'tish uning asosiy sifati emas. Maydon markazida u chapga ham, o'ngga ham siljishi mumkin, ammo hozir u biroz yakkalanib qolmoqda.
Ezening o'rnida bo'lganimda vaziyatni o'zgartirishga harakat qilardim. Vaziyat qanday bo'lishidan qat'i nazar, u doimiy asosiy tarkib futbolchisi bo'lmaydi. U Dyokeresh va Madueke kabi vaqti-vaqti bilan tarkibda paydo bo'ladi yoki tushib qoladi. Shuning uchun u o'z imkoniyatlaridan foydalanib, eng yaxshi fazilatlarini ko'rsatishi kerak. Birinchi bo'lim qanday o'tganiga qarab, Artetaning uni tanaffusda almashtirishini taxmin qilgan edim».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!