#Eberechi Eze — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Mikel Arteta "Chelsi"ning hujumchi triosi va o'z jamoasi haqida hazilomuz fikr bildirdi

Mikel Arteta "Chelsi"ning hujumchi triosi va o'z jamoasi haqida hazilomuz fikr bildirdi

Mikel Arteta "Chelsi"ning yangi hujumchi triosi va o'z jamoasidagi futbolchilar haqida hazilomuz muloqot qildi.

Arteta va jurnalist o'rtasidagi qiziqarli muloqot:

Jurnalist:

"Chelsi"ning hujumchi triosini endi J.P. Morgan deb atashmoqda — Joau, Palmer va Morgan.

🗣 Arteta:

Ha, tushundim [kuladi]. O'zi ancha tez tushunib yetdim.

Jurnalist:

"Aston Villa"ga qarshi o'yinni yakunlagan o'z hujumchi triongizni qanday atash mumkin?

🗣 Arteta:

Bizda Saka, Eberechi Eze va Kay bor edi, shunda "SEEK" chiqadi.

Jurnalist:

Aynan shu o'yinchilarning sifati kuchaytirishni "izlamasligingizga" sabab bo'ldimi?

🗣 Arteta:

Men tahlilni bunchalik chuqur olib bormaganman. Lekin aniq bir narsani ayta olaman: menda bor o'yinchilar menga yoqadi.