Iraola Arauxoning o'yinidan mamnun
Шесть Элче ↗ ●●●●● Matbuot 👁 22

Iraola Arauxoning o'yinidan mamnun

Arauxo o'yindan so'ng Iraoladan munosib maqtov eshitdi:

O'ylaymanki, u juda yaxshi o'ynadi. «Ipsvich»ga qarshi bahsda u yaxshi harakat qilgandi, bugun esa undan ham yaxshiroq o'ynadi, deb ayta olaman. U ajoyib himoyalanadi, ammo ba'zida markaziy himoyachi bo'lgani uchun uning hujumdagi qobiliyatlarini yetarlicha baholamaymiz. U Dominik Soboslaiga ajoyib golli uzatma berdi.
U o'z pozitsiyasidan bir nechta juda yaxshi uzatmalarni amalga oshirdi va men undan juda mamnunman. U bu darajada o'ynashga loyiq ekanligini ko'rsatish istagi bilan keldi. Umid qilamanki, biz bu darajani ushlab tura olamiz, chunki u ajoyib formada.

Vyorjdan ham bir-ikki og'iz so'z:

O'ng qanot himoyachisi — uning asosiy pozitsiyasi emas, ammo u allaqachon u yerda o'ynab, bu rolni qanchalik yaxshi bajara olishini hammaga ko'rsatib qo'ydi. To'rt nafar himoyachi va darvozabondan iborat jipslashgan guruhga ega bo'lishimiz juda muhim.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!